07:30 / 12.06.2020
2 286

AQSH politsiyasi Chevrolet avtosalonida sodir etilgan o‘g‘irlik lavhasi bilan bo‘lishdi

AQSH politsiyasi Chevrolet avtosalonida sodir etilgan o‘g‘irlik lavhasi bilan bo‘lishdi
Kadr: Twitter
Sent-Luis politsiyasi qora tanli Jorj Floydning o‘limi sabab yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida Chevrolet salonidan Tahoe yo‘ltanlamasi va Corvette sportkari o‘g‘irlanayotgani tasvirlangan lavha bilan bo‘lishdi.

Bu safar marodyorlar Don Brown Chevrolet dilerlik saloniga bostirib kirgan. Ofisdagi kameralar bir guruh odamlarning binoga bostirib kirayotgani va zalga qo‘yilgan avtomobillarning kalitlarini qidirib, stollarni titib chiqqanini tasvirga olgan. Boshqa bir kamera ob’ektiviga esa 50 ming dollar turadigan Tahoe yo‘ltanlamasi va undan ancha qimmatroq turuvchi Corvette sportkarini binodan olib chiqib ketayotgan o‘g‘rilar tushib qolgan.

Politsiya hozirda videodagi erkaklarni qidirish bilan shug‘ullanmoqda.

Avvalroq AQSHdagi norozilik namoyishchilari Manxettendagi do‘konlarni o‘margani, ayrimlar avtosalonlarga bostirib kirib, mashinalarni yoqib yuborgani va 50 ta sportkarni minib qochgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH politsiyasi Chevrolet avtosalonida sodir etilgan o‘g‘irlik lavhasi bilan bo‘lishdi