07:30 / 13.06.2020
3 417

Keksa chechen Qirg‘izistondan vataniga qaytmoqda

Keksa chechen Qirg‘izistondan vataniga qaytmoqda
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 82 yoshli chechen qariyani Qirg‘izistondagi qariyalar uyidan vataniga olib kelishni buyurdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda Checheniston rahbarining yordamchisi, Grozniy teleradiokompaniyasi direktori Axmed Dudayev ma’lum qildi.

Keksa Danga Bitayevning tarixini birinchi marta o‘zining instagram sahifasida qirg‘izistonlik jamoat arbobi Assol Moldokmatova yozgan. U joylashtirgan videoda qariya asli Chechenistondan bo‘lganini, necha yoshda ekanligini eslolmasligi va 1944 yilda chechenlar deportatsiyasi paytida Qirg‘izistonga kelganini aytgan.

"Danga Bishkekdagi qariyalar uyida 10 yildan beri yashaydi. U Grozniy shahrida tug‘ilgan va qatag‘onlar davrida Qirg‘izistonga kelgan. Qarindoshlari va do‘stlari yo‘q. U Chechenistonga borishni orzu qiladi... Ehtimol, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bu haqda bilsa, uning orzusi ushalardimi?" – deb yozgan Moldokmatova chechen chol haqida.

Ramzan Qodirov keksa hamyurtini iloji boricha tezroq uyiga qaytarishni buyurdi. Checheniston poytaxtida bu keksa odamning qarindoshlari ham topilgan, ular uzoq yillardan beri qarindoshlarini qidirib topa olishmagan ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Keksa chechen Qirg‘izistondan vataniga qaytmoqda