17:37 / 14.06.2020
2 678

Xitoyda yo‘lda ketayotgan avtosisternaning portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (video)

Xitoyda yo‘lda ketayotgan avtosisternaning portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (video)
Foto: Global Times
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasidagi shosseda avtosisternaning portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 172 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, CGTN telekanali xabar berdi.

Voqea joyida qutqaruv-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda, jarohat olganlarning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olganlarni davolashga 630 nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Atrof-muhitning ifloslanish holati qayd etilmagan. Ko‘ngilsiz hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ichida suyultirilgan gaz bo‘lgan sisterna ortilgan yuk mashinasi tezyurar shosseda portlab ketgan. Portlash to‘lqini oqibatida sisterna havoga uchib ketib, bir necha yuz metr naridagi zavod binolari yaqiniga borib tushgan. Natijada ikkinchi portlash yuzaga kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda yo‘lda ketayotgan avtosisternaning portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (video)