06:00 / 17.06.2020
2 385

Tramp politsiyaning isloh qilinishi haqidagi farmonni imzoladi

Tramp politsiyaning isloh qilinishi haqidagi farmonni imzoladi
Foto: REUTERS/Leah Millis
AQSH prezidenti Donald Tramp 16 iyunda politsiyaning isloh qilinishi haqidagi farmonni imzoladi. Ushbu hujjat afroamerikalik Jorj Floyd politsiya zo‘ravonligi oqibatida vafot etgandan keyin yuz bergan noroziliklar ortida qabul qilindi.

Hujjat politsiya tomonidan kuch qo‘llanishining qat’iyroq qoidalarini qabul qilishga qaratilgan.
Farmonda huquq-tartibot idoralari xodimlarini tayyorlash uchun federal grantlar ajratilishiga ustuvor e’tibor qaratilgan. Bu politsiya xodimlari tomonidan mojarolarni tinchlik bilan hal qilish amaliyoti qo‘llanishini rag‘batlantirishga qaratilgan.

Hokimiyat politsiyachilar tomonidan kuch qo‘llanishi bo‘yicha shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Yangi me’yorlar tarjimai holi to‘liq tekshirilmasdan politsiyaga yangi xodimlarni qabul qilmaslik uchun davlat tuzilmalari o‘rtasida axborot almashinuvini yaxshilashga qaratilgan.

Bu avval qabul qilinmagan katta qadamdir”, deb izoh bergan Trampning o‘zi farmonning imzolanishiga.
Trampning ta’kidlashicha, politsiyachilar tomonidan ularning hayoti xavf ostida qolgan holatlardan tashqari, gumonlanuvchilarga qarshi bo‘g‘ish usullarini qo‘llash taqiqlanadi.

Bundan tashqari, politsiyachilarga giyohvandlik, doimiy turar joyi bo‘lmaslik va ruhiy buzilishlar kabi zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarda ijtimoiy soha ishchilari yordam beradi. Bundan maqsad butun AQSH bo‘ylab politsiyachilar va fuqarolar o‘rtasida yaxshi munosabatlarni ta’minlashdan iborat.

Tramp, shuningdek, politsiyani isloh qilish maqsadida kongress bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. Shu bilan birga, AQSH prezidenti huquq-tartibot idoralari budjetining kesilishiga va ba’zi politsiya boshqarmalarining tarqatilishiga qat’iyan qarshi ekanligini aytgan.

Amerikaliklar qonun va tartibni istashmoqda. Ular buni talab qilishmoqda. Ular ehtimol bu haqida gapirmaslar, biroq ular buni istashmoqda. Biz huquq-tartibot idoralari va aholini bir-biridan ajratmay, aksincha ularni yaqinlashtirishimiz lozim”, deb aytgan Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp politsiyaning isloh qilinishi haqidagi farmonni imzoladi