13:43 / 17.06.2020
2 192

Yangi turdagi pishloq yaratildi. Unga "Karantin" nomi berildi

Yangi turdagi pishloq yaratildi. Unga "Karantin" nomi berildi
Koronavirus pandemiyasi davrida fransiyalik pishloq ishlab chiqaruvchilar oilasi tasodifan yangi pishloq turini yaratishdi. Mahsulotga "Karantin" nomi berildi.

Lionel va Laura karantin davrida uyda o‘tirib qolishadi. Bu vaqtda yerto‘lada sotilmay qolgan pishloqlar soni 60 taga yetib, ularning biznesi zararga kira boshlaydi. Oqibatda juftlik tushkunlikka tushib, yerto‘ladagi pishloqlardan xabar olmay qo‘yadi.

Bir oydan so‘ng yerto‘laga tushgan juftlik o‘sha pishloqlardan yangi turdagi mahsulot yaralganiga guvohi bo‘lishgan. Bu ustini mog‘or qoplagan va mutlaqo o‘zgacha ta’mga ega pishloq edi.

Bugungi kunda Lionel va Laura boshqa turdagi pishloqlarni ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatgan va faqat "Karantin" pishlog‘ini tayyorlashmoqda. Bunga yangi turdagi pishloqqa talab keskin oshgani sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi turdagi pishloq yaratildi. Unga "Karantin" nomi berildi