23:11 / 17.06.2020
2 621

Ish va biznes uchun dunyodagi eng yaxshi joy nomi ma’lum qilindi

Ish va biznes uchun dunyodagi eng yaxshi joy nomi ma’lum qilindi
Foto: CNBC
Dunyoda ishlash va biznes yuritish uchun eng yaxshi joy deya Singapur topildi. Bu haqda Shveysariyaning Menejmentni rivojlantirish instituti (IMD)ga tayanib, CNBC xabar berdi.

Singapur o‘tgan yili ham reytingning yuqori pog‘onasidan o‘rin olgandi. Ish va biznes uchun eng yaxshi davlatlar ro‘yxatidagi ikkinchi pog‘ona Daniyaga nasib ketgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Shveysariya yakun yasagan.

Keyingi o‘rinlardan Niderlandiya, Gonkong, Shvetsiya, Norvegiya, Kanada, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rin olgan. Xitoy 14-o‘rindan 20-o‘ringa tushib ketgan. Luksemburg — 14, Germaniya — 17, Buyuk Britaniya esa 19 pog‘onadan joy olgan.

Rossiyaga reytingning 50-o‘rni nasib etgan bo‘lsa, Qozog‘iston 42-o‘ringa chiqib olgan. 63 davlat o‘rin olgan ro‘yxatning eng oxirida Venesuela joylashgan.

Reytingni tuzishda hukumatning samaradorligi, iqtisodiyotning ahvoli, infratuzilma va biznes samaradorligi hisobga olinadi. Bundan tashqari, mahalliy va xalqaro statistik ma’lumotlardan foydalanilgan. Shuningdek, turli kompaniyalar orasida so‘rovlar o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ish va biznes uchun dunyodagi eng yaxshi joy nomi ma’lum qilindi