10:30 / 18.06.2020
5 947

Bolalardagi koronavirusning asosiy alomatlari ma’lum qilindi

Bolalardagi koronavirusning asosiy alomatlari ma’lum qilindi
Foto: «Obruchevskiymedia.ru»
Bolalarda koronavirusning asosiy alomatlari isitma, ich ketishi va qayt qilish hisoblanadi. Bu haqda G‘arbiy Xitoydagi to‘rtta shifoxonada olib borilgan tadqiqot natijalariga tayanib «PLoS Medicine» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bolalarda o‘pka bilan bog‘liq muammolar keyinroq paydo bo‘ladi.
Kuzatuvlar natijasida aniqlanishicha, koronavirusga chalingan bolalarning 76 foizida isitma namoyon bo‘lgan. Kattalarda esa bu ko‘rsatkich 44 foizni tashkil etadi. Yana bolalarning 62 foizida kuchli yo‘tal, 12 foizdan ich ketishi va qayt qilish aniqlangan.

Avvalroq germaniyalik olimlarning ota-onalarga qaraganda bolalar koronavirusni kamroq yuqtirishini aniqlashgani to‘g‘risida xabar bergandik.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.
«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 8 391 788 kishiga yetdi, 450 437 nafari vafot etdi, 4 378 962 kishi kasallikdan tuzalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolalardagi koronavirusning asosiy alomatlari ma’lum qilindi