11:58 / 18.06.2020
3 230

Qozog‘istonga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan 12 afg‘onistonlik dron yordamida qo‘lga olindi

Qozog‘istonga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan 12 afg‘onistonlik dron yordamida qo‘lga olindi
Foto: «Zakon.kz»
Qozog‘istonning Jambil viloyati chegara xizmatchilari davlat hududiga yashirincha kirishga uringan 12 nafar afg‘onistonlik fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.

Chegarabuzarlarni uchuvchisiz boshqariladigan apparat yordamida aniqlashdi. Afg‘onistonliklar Qirg‘iziston orqali Qozog‘istonga piyoda o‘tib ketishga urinishgan. Voqea yuzasidan sudga qadar surishtiruv boshlangan.

Qozog‘iston chegarachilariga uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalardan foydalanishga ruxsat etilgan. Xabarlarga ko‘ra, mamlakat hukumati chegarachilarga 15 ta samolyot toifasidagi o‘ziuchar hamda 90 ta kvadrokopter olib berishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan 12 afg‘onistonlik dron yordamida qo‘lga olindi