10:24 / 19.06.2020
4 064

Olimlar nima uchun koronavirusdan ko‘proq yevropaliklar aziyat chekayotganini aniqladi

Olimlar nima uchun koronavirusdan ko‘proq yevropaliklar aziyat chekayotganini aniqladi
Foto: «Korrespondent.net»
Koronavirusga chalingan yevropaliklar dunyoning boshqa aholisiga qaraganda 3-6 marotabaga ko‘proq hid va ta’m bilish hissini yo‘qotishdan aziyat chekmoqda. Bu kabi xulosa Nevada universiteti professori boshchiligida AQSH va Polsha tibbiyot xodimlari guruhi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida ma’lum qilingan.

SARS-CoV-2 koronavirusi inson organizmiga tushishi bilan kasallikning bir qator belgilari paydo bo‘ladi, eng birinchi navbatda hid va ta’m bilish hissi yo‘qoladi.

Yevropadagi kasallar ustida o‘tkazilgan dastlabki kuzatuvlar bu kabi muammo koronavirusga chalingan deyarli barcha bemorlarda aniqlangan. Shu bilan birga, osiyolik va afrikaliklarda hid va ta’m bilish hissining yo‘qolishi 6-15 foiz bemorda kuzatilgan.

«Bizningcha, bu virus evolyutsiyasi bilan emas, balki etnik guruhlar orasidagi genetik farqqa bog‘liq», — deydi olimlar.

Aniqlanishicha, virus burun shillig‘idagi hid bilish retseptorlaridan o‘ziga xos «darvoza» sifatida foydalanib, inson miyasiga kirib boradi va nerv tizimi bo‘ylab tarqaladi.

Bu esa koronavirus nima sababdan Yevropa va AQSH davlatlarida Xitoy va Osiyoning boshqa davlatlariga qaraganda tez tarqalayotganini tushuntirib beradi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar nima uchun koronavirusdan ko‘proq yevropaliklar aziyat chekayotganini aniqladi