15:39 / 19.06.2020
2 080

Tramp KXDRga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Tramp KXDRga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
Foto: Global Look Press
AQSH Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar muddatini uzaytirdi. Prezident Donald Tramp mazkur chora yuzasidan farmoyishni imzolagan. Hujjat Oq uyning rasmiy saytiga joylashtirilgan.

«Koreya yarimorolida xavfli, dunyoga tahdid qiladigan qurollar yaratish uchun sharoit borligi, shuningdek, mamlakat hukumatining siyosati va harakatlari AQSH tashqi siyosati, iqtisodiyoti, milliy xavfsizlikka favqulodda xavf solayotgani tufayli Shimoliy Koreyaga nisbatan milliy favqulodda holat rejimi yana bir yilga uzaytirilsin», — deyilgan hujjatda.

AQSH KXDRga qarshi sanksiyalar muddatini avval ham bir necha marta uzaytirgan. Cheklovlarda birinchi navbatda iqtisodiy taqiqlar – hisob raqamlarini bloklash, mamlakat bilan tranzaksiyalarni to‘xtatish ko‘zda tutiladi. Avval sanksiyalar 2020 yil 26 iyungacha uzaytirilgandi.

Koreya yarimorolini yadrosizlantirish bo‘yicha AQSH hamda KXDR o‘rtasidagi muzokaralar 2018 yilda boshlangan. Shu yili iyun oyida Singapurda Tramp hamda Kim Chen In ishtirokidagi birinchi sammit o‘tkazilgandi, Vashington xavfsizlik va sanksiyalarni bekor qilishga tayyorligini bildirgan. Ammo 2019 yil iyun oyida AQSH KXDRga qarshi sanksiyalarni yana uzaytirdi, shu yili avgust oyida ro‘yxat yana kengaydi va unga ikki nafar jismoniy shaxs hamda uchta kompaniya kiritildi.

2020 yil boshida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRning yangi strategik qurolini namoyish qilishi haqida gapirgan. Uning aytishicha Vashington KXDRga qarshi dushmanlik siyosatidan voz kechmasa, Pxenyan «boshqa yo‘l»ni tanlaydi va strategik qurol ishlab chiqishda davom etadi.

21 yanvarda Shimoliy Koreya yadro sinovlarini to‘xtatish bo‘yicha taqiqqa bo‘ysunmadi va buni AQSH hukumati tomonidan qat’iy va insoniylikka zid sanksiyalar qo‘llanilayotgani bilan izohladi.

«Biz faqat bir tomon bo‘ysunadigan va boshqa taraf rioya qilmaydigan majburiyatlarni bajarishdan ma’no ko‘rmayapmiz» — degan Jenevadagi BMT bo‘linmasi KXDRning doimiy vakilligi maslahatchisi Chju Yon Chxol.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp KXDRga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi