06:00 / 20.06.2020
2 559

Ukrainada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani aytildi

Ukrainada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani aytildi
Foto: AP
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini aytdi.

Strana.ua nashrining xabar berishicha, Shmigal 19 iyunda mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi antirekord qayd qilinganini, bir kun ichida kasallanganlar soni mingga yaqinni tashkil qilganini ma’lum qilgan. Bunga esa odamlar virus yo‘qolib, kasallikka chalinishga boshqa imkon qolmadi, deb hisoblashlari tufayli karantinga amal qilmay qo‘yganlari sabab deb ko‘rsatiladi.

Biz bugun qoronavirus bilan kasallanishning navbatdagi, birinchimi yoki ikkinchimi, qanday istasangiz shunday atang, yangi to‘lqin boshlanishi oldida turibmiz”, deb aytgan Ukraina bosh vaziri.

Shmigalning ta’kidlashicha, koronavirusni yengishning yagona yo‘li – ijtimoiy masofaga, dezinfeksiyalashga va niqob taqish rejimiga rioya qilish hisoblanadi.

Koronavirusning yangi qurbonlari, kasallik o‘sishining yangi to‘lqini bu yolg‘on, o‘ylab topilgan narsa emasligiga signal bo‘lishi kerak. Bu har birimizning yonimizda yurgan xavfdir”, deb ta’kidlab o‘tgan Ukraina bosh vaziri.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 34 mingdan oshib ketdi, undan vafot etganlar soni 985 nafarni tashkil qilmoqda. So‘nggi sutkada mamlakatda 921 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani aytildi