18:34 / 21.06.2020
2 684

Oltindan qimmat ziravorlar omboriga o‘g‘ri tushdi

Oltindan qimmat ziravorlar omboriga o‘g‘ri tushdi
Foto: «cnbc.com»
Buyuk Britaniyada talonchilar ombordan 60 ming dollarlik o‘n kg za’faronni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib «CNBC» xabar bergan.

Hodisa 11 iyun kuni Londonda yuz berdi. Voqea joyidagi videokuzatuv kameralari ikki kishi omborga kirib, ziravorlar solingan qutini olib chiqqanligini qayd etgan.

Za’faronni bejizga qizil oltin deyishmaydi. Chunki u dunyodagi eng qimmat ziravor hisoblanadi. Bir kilo za’faronning bahosi bir kilo oltindan ham qimmat: gap shundaki, za’faron tumshug‘idan olingan za’far gullari yiliga bir yoki ikki hafta davomida gullaydi.

Bitta kichkina guldan faqat uchta boshcha olish mumkin. Bir kilogramm za’faron uchun taxminan 300 mingta za’far (yoki guldan iborat ikkita futbol maydoni) kerak bo‘ladi. Shuningdek, gulni faqat qo‘lda terish kerakligi va sermashaqqatliligi ziravor qiymatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oltindan qimmat ziravorlar omboriga o‘g‘ri tushdi