12:10 / 22.06.2020
3 986

Putin SSSR respublikalariga «rus xalqi tomonidan berilgan sovg‘alarni» eslab o‘tdi (video)

Putin SSSR respublikalariga «rus xalqi tomonidan berilgan sovg‘alarni» eslab o‘tdi (video)
Foto: «Kremlin.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sovet respublikalarining SSSR tarkibidan chiqishi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Prezidentning fikri «Rossiya 1» telekanali orqali efirga ketgan Pavel Zarubinning «Rossiya. Kreml. Putin» filmida namoyish etilgan.

Putinning ta’kidlashicha, Sovet Ittifoqini tashkil etishda respublikalarning undan chiqish huquqi belgilab qo‘yilgan, biroq jarayon haqida hech narsa deyilmagan.

«Sovet Ittifoqini tashkil etish bitimida undan chiqish huquqi haqida yozilgan, biroq jarayon haqida hech narsa deyilmagani sabab savol yuzaga keladi: biror-bir respublika Sovet Ittifoqi tarkibiga kirsa, biroq Rossiyaning ulkan yerlariga, Rossiyaning tarixiy hududlariga ega bo‘lib, to‘satdan ittifoq tarkibidan chiqishga qaror qilsa, hech bo‘lmaganda qanday kirgan bo‘lsa, shunday chiqsin. O‘zi bilan rus xalqining sovg‘alarini olib ketmasin. Axir bularning hech biri yozilmagan. Mutlaqo ishonchim komilki, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritib to‘g‘ri qilyapmiz», — deydi Rossiya prezidenti.
[media=https://youtu.be/sfRCpqz2x9U]
O‘zbekistonlik blogerlar Rossiya prezidentining bu so‘zlarini xavotir bilan qarshi oldi, jumladan, davletovuz shunday deb yozadi:
«Tag‘in Putin Sobiq Ittifoq mamlakatlarida Rossiyaga qarshi kayfiyat shakllanmoqda, deb bong uradi. Bu kayfiyatga asosiy sababchi uning o‘zi, so‘zi va amali aslida.

Uning navbatdagi absurd intervyularidan biriga ko‘ra, Sobiq Ittifoq respublikalari mustaqil bo‘layotganda Rossiyaga tegishli bo‘lgan yerlarni, tarixan Rossiya hududi bo‘lgan yerlarni olib ittifoq tarkibidan chiqib ketishgan. SSSRga qo‘shilgan paytdagi yeri bilan ketsin edi, deydi u. Rus xalqidan sovg‘alarni o‘zi bilan olib ketmasin edi, deya nadomat chekyapti. Kundan kunga qo‘rqinchli
».

Avvalroq Putinning Ikkinchi jahon urushi haqidagi maqolasi e’lon qilingani, u Boltiqbo‘yi davlatlarining SSSRga qo‘shilishi qonuniy bo‘lgani haqida yozgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin SSSR respublikalariga «rus xalqi tomonidan berilgan sovg‘alarni» eslab o‘tdi (video)