23:07 / 22.06.2020
2 264

Moskvada 23 iyundan qahvaxona va restoranlar ochiladi

Moskvada 23 iyundan qahvaxona va restoranlar ochiladi
Foto: TASS

Shaharda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar aniqlanishi o‘tgan haftadagiga nisbatan o‘n foizga kamaygan. Shanba kuni ikki oy ichida birinchi marta mingtadan kam holat qayd etildi.

Moskvada 23 iyundan koronavirus bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashning yangi bosqichi boshlanadi, deb ma’lum qildi poytaxt meri Sergey Sobyanin. Uning ma’lum qilishicha, uch oylik tanaffusdan so‘ng qahvaxona va restoranlar ochiladi.
Shuningdek, fitnes-klublar, basseyn va sportzallar ishga tushadi.

Bolalar bog‘chalari va kutubxonalar, ijtimoiy muhofaza muassasalari ishiga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi.
Turistik agentliklar faoliyati ham tiklanadi, ammo hozircha Moskva bo‘ylab ekskursiyalar uyushtirishga ruxsat berilmaydi.

Shaharda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar aniqlanishi o‘tgan haftadagiga nisbatan o‘n foizga kamaygan. Shanba kuni ikki oy ichida birinchi marta mingtadan kam holat qayd etildi.
Sobyanin niqob va qo‘lqop taqish rejimi saqlanib qolishini, ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanganligini qayd etgan.

Rossiyada jami 592 280 kishida koronavirus aniqlangan, 8206 kishi vafot etgan, 344 416 kishi tuzalgan.
Moskvada COVID-19 215 014 kishida qayd etilgan, 3617 kishi vafot etgan, 136 670 kishi sog‘aygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada 23 iyundan qahvaxona va restoranlar ochiladi