13:10 / 23.06.2020
3 928

Sobiq o‘quvchining o‘zi o‘qigan maktabiga qilgan yordami

Sobiq o‘quvchining o‘zi o‘qigan maktabiga qilgan yordami
Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov Buxoro tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabining sobiq o‘quvchisi hisoblanadi. Ushbu maktab 4-sektor hududida joylashganligi va sektor rahbarining “Ota-onalar kuzatuv Kengashi” Raisi etib saylanganligi sababli viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov 3-sonli umumta’lim maktabiga tez-tez tashrif buyurib turadi.


Ta’kidlash lozimki, 4-sektor rahbarining ko‘magi bilan o‘tgan bir yil ichida mazkur maktabning ta’mirtalab joylari ta’mirlanib, sinf xonalarining isitish tizimi yaxshilandi.

Xususan, shaxsan sektor rahbarining tashabbusi bilan ushbu maktabda “Soliq darsi” SMART xonasi tashkil etilib, sinf xonasi zamon talablari darajasida jihozlandi va kerakli o‘quv jihozlari bilan ta’minlandi. E’tiborlisi, ushbu xona aynan Prezident maktablaridagi sinf xonalaridan andoza olingan. Bu esa maktab o‘quvchi yoshlarini yanada ruhlantirdi. Kuni-kecha ushbu xona uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 16 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi ajratildi.

Bugun Buxoro tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida viloyat 4-sektor rahbari hamda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida bitiruvchilar bilan tashkil etilgan uchrashuvda Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Amrillo Safarov ushbu kompyuter jamlanmalarini maktab ma’muriyatiga taqdim etdi.



Maktab o‘qituvchilari va bitiruvchilari ishtirok etgan uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuv avvalida 4-sektor rahbari Sherzod Ashurov har-bir bitiruvchining qiziqishlari va kelgusidagi rejalarini o‘rganib, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishda yaqindan yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.



Xususan, joriy o‘quv yilida ushbu umumta’lim maktabini tamomlagan jami 56 nafar bitiruvchilarning ro‘yxati shakllantirilgan holda har-bir yosh bilan tizimli ishlar tashkil qilish chora-tadbirlari belgilandi.

Aniqlanishicha, 56 nafar bitiruvchilarning 80 foizi oliy o‘quv yurtiga kirish istagida ekan. Qolgan 20 foiz bitiruvchilar esa kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik qilish niyatida ekanligini bildirdi.

Sektor rahbari uchrashuvda viloyat davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi barcha umumta’lim maktablaridagi mehnat o‘quv xonalari o‘rnida “Tadbirkorlikka o‘rgatish markazi”lari tashkil etilayotganligi va bunday xonalar birinchilardan bo‘lib 3-sonli o‘rta umumta’lim maktabida yo‘lga qo‘yilganligini bildirib, bundan maqsad – xalq ta’limi boshqarmasi bilan birgalikda 7-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchi yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish va ularga mustaqil ravishda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish ekanligini aytdi. Ta’kidlash lozim, ushbu markazda yoshlar “Ustoz-shogird” an’anasi asosida zamonaviy tikuv mashinalari va non va non mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalaridan foydalangan holda tikuvchilik va nonvoylik hunarining sirlarini o‘rganadilar.



4-sektor rahbari uchrashuvda tikuvchilik, sartaroshlik, pazandachilik, nonvoychilik, hunarmandchilik hamda issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘yib tadbirkorlik qilish niyatidagi 20 nafardan ortiq bitiruvchi yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilishida bosh-qosh bo‘lishini va ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga kafil ekanligini ta’kidladi.

Quvonarlisi, viloyatimizda har-bir rahbar o‘zi o‘qigan yoki otaliqqa olgan umumta’lim maktablarida xuddi shunday o‘zgarishlarni amalga oshirsa bir yilda ta’mirtalab bo‘lgan 1000 dan ortiq sinf xonalarining ahvoli yaxshilanadi. Qolaversa, bu kabi maktabga quchoq ochib kelishdan nafaqat o‘qituvchilar balki ko‘plab yoshlarning muammolari joyida hal etiladi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq o‘quvchining o‘zi o‘qigan maktabiga qilgan yordami