23:50 / 23.06.2020
4 566

Sulton Abdulhamidxonning boyligi

Sulton Abdulhamidxonning boyligi
Har safar poyabzali yirtilganda sulton Abdulhamidxonning o‘zi qaytadan tikib, ta’mirlab olar edi. Saroy xizmatchilari undan "Nega yangi poyabzal sotib olmaysiz, mamlakatning boyligi o‘z qo‘lingizda-ku?” - deb so‘rashganida, sulton: "Xazinadagi boylik meniki emas, xalqniki! Men musulmonlarni haqini o‘z ehtiyojim uchun sarflay olmayman, axir men bu yerga ularni behuda sochish uchun emas, uni muhofaza qilish uchun kelganman!" - der edi.

Shu sababdan u o‘z kasbi bo‘lmish duradgorlik bilan shug‘ullanib, yog‘ochdan har xil buyumlar yasar, xizmatchilar esa, buyumlarni bozorda sotib kelishar, bundan tushgan pulni o‘zining va oilasining ehtiyoji uchun sarflardi.

Sulton Abdulhamidxonni taxtdan ag‘darishgach, talonchilar uning saroyiga ishonch bilan, katta boylik umidida "Hoynahoy sulton cheksiz boylikni yashirgan bo‘lsa kerak" - degan xayolda kirishadi. Talonchilar biror teshik tuynukni ham qoldirmasdan, hammayoqni tintuv qilib chiqishgach, u yerdan bor yo‘g‘i tahorat qilish uchun suv to‘ldirilgan obdasta, sochiq va joynamozdan bo‘lak hech narsa topa olmay, noumid holda qaytib chiqib ketadilar.

Shahnoza Jo‘ramurodova tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sulton Abdulhamidxonning boyligi