07:49 / 24.06.2020
2 072

Janubiy koreyalik faollar Shimoliy Koreyaga 500 mingta tashviqot varaqasi tashladi

Janubiy koreyalik faollar Shimoliy Koreyaga 500 mingta tashviqot varaqasi tashladi
Foto: Yonhap News Agency
Janubiy koreyalik faollar guruhi pufaklarda Shimoliy Koreyaga 500 mingta tashviqot varaqasi jo‘natdi. Ularda Shimoliy Koreya rahbariyati tanqid qilingan.

Namoyishchilar yetakchisi Pak San Xakning ta’kidlashicha, uning “Ozod Shimoliy Koreya uchun kurashchilar” tashkiloti 500 mingta varaqa solingan 20 ta katta pufakni uchirgan.

Shuningdek, pufaklarga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, uning bobosi, Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Sen va singlisi Kim Ye Chjon suratlari tushirilgan plakatlar mahkamlab qo‘yilgan. Ushbu plakatlarda Koreya urushi tarixini esdan chiqarmaslik va “o‘z millati qotillariga qarshi” isyon ko‘tarishga chaqirilgan.

Faollar Janubiy Koreyaga qochib ketgan sobiq shimolliklar bo‘lib, ular bu xatti-harakatlarini “shimoliy koreyaliklarning ozod etilishi va adolat uchun kurash” deb aytishgan.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar Pxenyan Seulni varaqalar tashlanishiga yo‘l qo‘yib berishda ayblagandan keyin navbatdagi inqirozga uchradi.

16 iyunda Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan muvofiqlashtiruvchi byuro binosini portlatib yuborgan. Ertasiga Shimoliy Koreya bosh shtabida chegaradagi hududlarga qo‘shinlar yana qaytarilishi va u yerda mashg‘ulotlar qayta boshlanishi hamda Janubga qarshi tashviqot kampaniyalari o‘tkazilishi ma’lum qilingan. O‘z navbatida, Shimoliy Koreya ham pufaklar yordamida Janubiy Koreya ustidan millionlab tashviqot varaqalarini tashlashni rejalashtirmoqda va shu maqsadda 3 mingta pufak yordamida Janubiy Koreyaga 12 mln.ta tashviqot varaqasi jo‘natishga tayyorlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy koreyalik faollar Shimoliy Koreyaga 500 mingta tashviqot varaqasi tashladi