07:30 / 25.06.2020
2 127

Google asoschisida sobiq harbiylardan iborat maxfiy otryad borligi ma’lum qilindi

Google asoschisida sobiq harbiylardan iborat maxfiy otryad borligi ma’lum qilindi
Amerikalik tadbikor, Google qidiruv tizimi asoschisi Sergey Brin favqulodda vaziyatlarga javob beruvchi maxfiy jamoaga ega bo‘lib, u sobiq harbiylar va tansoqchilardan tuzilgan.

The Daily Beast nashrining xabar berishicha, Global Support and Development deb nomlangan ushbu xususiy tashkilot tezkor javob berish jamoasi sifatida faoliyat yuritadi. Uning yagona homiysi 46 yoshli Brin hisoblanadi.

Jamoa a’zolari butun dunyo bo‘ylab kezib, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishadi. Tashkilot ixtiyorida eng zamonaviy texnika, jumladan Brinning 80 mln dollarlik Dragonfly superyaxtasi, dronlar va dirijabl bor.

Tashkilotning rahbari AQSH harbiy-dengiz kuchlarining sobiq leytenanti Grant Douson hisoblanib, u Brinning xavfsizlik xizmatida bir necha yil ishlagan.

Ta’kidlanishicha, bunday tashkilotni tashkil etish g‘oyasi Brinda 5 yil avval paydo bo‘lgan. Google asoschisi o‘shanda o‘z yaxtasida sayohat qilib yurganda, Pem siklonidan jabr ko‘rgan Vanuatu orol-davlati yonidan suzib o‘tgan. Shunda milliarder tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan mahalliy aholiga yordam berishga qaror qilgan. Brin Douson bilan bog‘langan, u esa o‘z navbatida tezda maslakdoshlarni to‘plab, ular bilan birga orolga kerakli anjom, dori-darmon va oziq-ovqat bilan yetib kelgan.

Ta’kidlanishicha, 2015 yildan beri tashkilot dovullar avj olgan, vulqon otilishi va zilzilalar yuz bergan ko‘plab joylarda yordam bergan.
Ayni vaqtda boyligi 63,5 mlrd dollarni tashkil qiluvchi Brinning o‘zi bu tashkilot borasida hech qanday izoh bermaydi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Google asoschisida sobiq harbiylardan iborat maxfiy otryad borligi ma’lum qilindi