07:00 / 25.06.2020
3 119

OAV: Turkmanistonda Ashxoboddagi kasalxona xodimlarida koronavirus aniqlandi

OAV: Turkmanistonda Ashxoboddagi kasalxona xodimlarida koronavirus aniqlandi
Foto: «Xronika Turkmenistana»
Turkmanistondagi S.Niyozov nomidagi davolash-konsultativ markazining olti nafar xodimida, xususan, shifokorlarda COVID-19 koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» nashri xabar tarqatgan.

Infeksiyaga chalinganlarning uch nafarining holati o‘rtacha og‘irlikda ekani aytilmoqda.
Markazda yuqumli kasalliklar bo‘limi mavjud emas, shuning uchun bemorlarning bir qismi Cho‘ganlidagi kasalxonaga, qolganlar esa Axal viloyatida tayyorlab qo‘yilgan izolyatorlarga joylashtirilgan.

S.Niyozov nomidagi davolash-konsultativ markazi — Turkmanistonning eng katta tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. Unda mamlakat bo‘yicha bir yil davomida o‘n minglab odamlar tibbiy ko‘rikdan o‘tib, davolanadi. Bemorlarning hammasi markaziy qabul bo‘limida ro‘yxatga olinadi.

Muassasa shifokorlarning malakali ekani, xizmatlar boshqa zamonaviy kasalxonalardagidan ancha arzonligi tufayli xalq orasida ommaviylashgan.

«Xronika Turkmenistana» nashrining yozishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentligi davrida qurilgan yangi kasalxonalarga tibbiyot xodimlarini olishda, asosan, tashqi ko‘rinish va nomzodlarning 35 yoshdan katta emasligiga e’tibor qaratilgan.

May oyida Turkmaniston kasalxonalariga koronavirusga chalinganlar kelayotgani aytilgan, biroq mamlakat hukumati kasallikning rasman qayd etilganini tan olmagandi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Turkmanistonda Ashxoboddagi kasalxona xodimlarida koronavirus aniqlandi