21:13 / 25.06.2020
1 760

Parijdagi Eyfel minorasi 3 oylik tanaffusdan keyin sayyohlar uchun ochildi

Parijdagi Eyfel minorasi 3 oylik tanaffusdan keyin sayyohlar uchun ochildi
Foto: France24
Parijdagi Eyfel minorasi 25 iyun kuni sayyohlar va parijliklar uchun ochildi. Minora uch oylik tanaffusdan keyin, biroq ba’zi cheklovlar bilan ochilmoqda. Bu haqda «Kommersant’» xabar berdi.

Odamlar orasidagi xavfsiz masofani saqlash va kasallanish xavfini kamaytirish uchun minoraga tashrif buyuruvchilar 1 iyulga qadar liftlardan foydalana olmaydi. Shuningdek, minoraning eng yuqori qismi omma uchun yopiq qoladi.

Minora operatori tomonidan ma’lum qilinishicha, tashrif buyuruvchilarning zinalarda qarama-qarshi kelmasligi uchun minoraga ko‘tarilish sharqiy ustundan, tushish esa g‘arbiy ustundan amalga oshiriladi.

Koronavirus sababli Fransiyada madaniy tadbirlar bekor qilingan. Luvr va Orse muzeylari, Versal saroyi yopilgan.
Eslatib o‘tamiz, Parij shahridagi Eyfel minorasi mamlakatda COVID-19 koronavirusi tarqalgani sababli mart oyida noma’lum muddatga yopib qo‘yilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parijdagi Eyfel minorasi 3 oylik tanaffusdan keyin sayyohlar uchun ochildi