09:33 / 26.06.2020
1 539

Telegram AQSH rasmiy idorasi bilan tuzilgan kelishuvga binoan sarmoyachilarga 1,2 mlrd dollar qaytarib beradi

Telegram AQSH rasmiy idorasi bilan tuzilgan kelishuvga binoan sarmoyachilarga 1,2 mlrd dollar qaytarib beradi
Pavel Durovning Telegram kompaniyasi TON blokcheyn-platformasi va Gram kriptovalyutasi yaratish borasidagi bahs bo‘yicha AQSHning qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasi (SEC) bilan tinchlik kelishuvi tuzdi.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, Telegram blokcheyn-platforma va kriptovalyuta yaratish loyihasiga jalb qilgan 1,244 mlrd dollarni sarmoyachilarga qaytarishi va 18,5 lln dollar jarima to‘lashi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, kompaniya 3 yil davomida muayyan raqamli aktivlarni chiqarishda ishtirok etishidan 45 kun oldin SEC’ni xabardor qilishi kerak. Durov kompaniyasi AQSHning qimmatbaho qog‘ozlar haqidagi qonunining 5-bo‘limini buzmaslik majburiyatini zimmasiga olgan. Ushbu bo‘lim qimmatbaho qog‘ozlarni SEC’da qayd qilmasdan chiqarishni taqiqlaydi.

Durov ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. Ta’kidlanishicha, kompaniya sud taftishini davom ettirishdan ma’no ko‘rmayapti va bahsni o‘z aybini tan olish yoki rad etishsiz hal qilish imkoniyatidan mamnun.

Telegram o‘z blokcheyn-platformasi va kriptovalyutasini 2019 yil kuzida chiqarmoqchi bo‘lgan. Biroq platforma ishga tushirilishi SEC talabi bilan sud qaroriga ko‘ra qoldirilgan. SEC Telegram kriptovalyutasini qimmatbaho qog‘oz deb topgan va kompaniya uni chiqarishda qonunni buzganini, chunki o‘zining moliyaviy holati, biznesi, menejmenti va xatarlar haqida ma’lumotlarni oshkor qilmaganini aytgan.

Ushbu masala bo‘yicha taftish yarim yildan ko‘proq davom etgan, natijada Durov o‘z kriptoloyihasi yopilishini e’lon qilgan. Kompaniya sarmoyachilarga tikilgan mablag‘ning 72 foizini yoki 2021 yil 30 apreligacha kutib, uni 110 foiz miqdorda olishni taklif qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Telegram AQSH rasmiy idorasi bilan tuzilgan kelishuvga binoan sarmoyachilarga 1,2 mlrd dollar qaytarib beradi