08:20 / 27.06.2020
2 047

«Formula-1»ning faxriy prezidenti qora tanlilarni irqchilar deb atadi

«Formula-1»ning faxriy prezidenti qora tanlilarni irqchilar deb atadi
Foto: Getty Images
Berni Ekklstoun AQSHdagi namoyishchilarning yodgorliklarni buzib tashlashga urinishini qoraladi.
«Formula-1»ning faxriy prezidenti Berni Ekklstoun irqchilik to‘g‘risida fikr bildirdi. Uning so‘zlarini CNN telekompaniyasi keltirib o‘tdi.

«Aksariyat hollarda qora tanlilar oq tanlilarga nisbatan ko‘proq darajada irqchi bo‘lishi mumkin. Namoyishchilarning barcha yodgorliklarni buzib tashlashga urinishi butunlay ahmoqlik. Undan ko‘ra ular bu yerga farzandlarini olib kelib, ularga nima uchun bu insonlarga yodgorlik qo‘yilgani va ular hayotda nimalar qilishganini aytib berishsa yaxshi bo‘lardi», — dedi «Formula-1»ning sobiq rahbari.

May oyi oxiridan beri AQSH hamda Yevropada afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi sababli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar ushbu voqeada politsiya va jamiyatdagi irqchilik g‘oyalarini ayblamoqda. Oxirgi haftalarda sodir etilgan tartibsizliklar davomida AQSHda ayrim tarixiy shaxslarga atab tiklangan yodgorliklar buzib tashlandi.

Ekklstoun «Formula-1»ga 40 yil davomida rahbarlik qilgan. U 2017 yil yanvarda lavozimini tark etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Formula-1»ning faxriy prezidenti qora tanlilarni irqchilar deb atadi