18:56 / 27.06.2020
2 732

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘z chegaralarini ochishga qaror qildi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘z chegaralarini ochishga qaror qildi
Yevropa Ittifoqi 1 iyul sanasidan ittifoq a’zolari bo‘lmagan ayrim davlatlar uchun o‘z chegaralarini ochishni rejalashtirmoqda. Mamlakatlar ro‘yxati Yevropa komissiyasi tavsiyalari asosida tuzilgan, deb xabar qiladi Euronews.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ushbu ro‘yxatda Qirg‘iziston yo‘q. Ro‘yxatga shuningdek, AQSH, Rossiya va Braziliya ham kiritilmagan.

O‘zbekistondan tashqari, ro‘yxatga Monako, Chernogoriya, Vatikan, Andorra, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Ukraina, Albaniya, Turkiya, Kosovo, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Vetnam, Xitoy, Tailand, Myanma, Mo‘g‘uliston, Yaponiya, Butan, Livan, Hindiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Palau, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Dominika, Bagama orollari, Sent-Lyusiya, Urugvay, Yamayka, Kuba, Gayana, Paragvay, Venesuela, Nikaragua, Kosta-Rika, Gruziya, Zambiya, Kanada, Angola Mavrikiy, Ruanda, Efiopiya, Marokash, Jazoir va Misr kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Rossiyada xalqaro aviatashuvlarni qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha reja taklif qilingan va bunda ishni MDH davlatlaridan boshlash taklif etilgandi. O‘zbekiston Transport vazirligi iyul-avgust oylarida Rossiya bilan avia-parvozlar qayta tiklanishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘z chegaralarini ochishga qaror qildi