10:20 / 28.06.2020
2 209

Dunyoda koronavirusdan kasallanishlar soni 10 milliondan, o‘lim holatlari soni 500 mingdan oshdi

Dunyoda koronavirusdan kasallanishlar soni 10 milliondan, o‘lim holatlari soni 500 mingdan oshdi
Foto: EPA/Vostock-photo
Worldometer portalining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda virus 10,081 mlndan ko‘proq kishida aniqlangan. Ularning 501 mingdan ko‘prog‘i vafot etgan.

Koronavirusga chalinish va undan o‘lim holatlari bo‘yicha AQSH dunyoda 1-o‘rinda turibdi – 2,596 mln kasallangan va 128 mingdan ko‘proq o‘lim. Keyingi o‘rinni 1,315 mln kasallangan va 57 mingdan ko‘proq o‘lim holati bilan Braziliya egallamoqda. Kasallanishlar soni bo‘yicha 3-o‘rinni Rossiya 627 mingdan ko‘proq holat bilan egallamoqda.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusdan o‘lim darajasi 1 mln kishidan 64,2 nafarga, AQSHda 387 nafargan, Braziliyada esa 269 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoda koronavirusdan kasallanishlar soni 10 milliondan, o‘lim holatlari soni 500 mingdan oshdi