13:25 / 28.06.2020
4 905

Olimlar koronavirusning yana bir “mudhish” jihatini aniqlashdi

Olimlar koronavirusning yana bir “mudhish” jihatini aniqlashdi
Foto: ucsf / Facebook
San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti va Germaniyadagi Frayburg universiteti olimlari koronavirusdan zararlangan hujayralarda virusga organizmda tezroq tarqalishga imkon beruvchi uzun “paypaslagichlar” paydo bo‘lishi haqidagi xulosaga kelishdi.

Olimlar bu “paypaslagichlar”ni o‘ta kuchli mikroskop yordamida olingan suratlarda aniqlashgan.

Boshqa hujayralarda teshik ochib, hosil bo‘lgan tunnel orqali hujayradan hujayraga o‘tuvchi uzun tolalar mavjud. Bizning taxmin shundan iboratki, bu holat infeksiya tarqalishini tezlashtiradi”, deb aytgan tadqiqot rahbari professor Nevan Krogan. U aniqlangan tolalarni “mudhish paypaslagichlar” deb atagan.

Tadqiqot mualliflarining aniqlashicha, zararlangan hujayralar sog‘lom qo‘shni hujayralarni zararlash uchun o‘zlarining oqim tolalari yoki filopodiylaridan foydalanadi. SARS-CoV-2’ning bunday yo‘l bilan zararlay olishi uni OIV-infeksiyalari yoki chechak kabi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi viruslardan farqlaydi.

Olimlar olingan natija asosida koronavirusga qarshi kurashish uchun saratonni davolashda qo‘llanuvchi dorilarni qo‘llash mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgan. Ular bu maqsadda koronavirus yuqtirilgan Afrikaning yashil martishkalari buyraklari hujayralarida tajriba o‘tkazishgan, so‘ngra dorilarni inson o‘pkasida sinashgan.

Bunday vositalardan biri Tayvanda ishlab chiqariluvchi silmitasertib dori vositasi hisoblanadi. Shuningdek, olimlar koronavirusga qarshi kurashda qo‘llash mumkin bo‘lgan shunday dorilar qatoriga 7 ta dorini, jumladan Astellas Pharma yapon kompaniyasining oq qonni davolashda qo‘llanuvchi gilteritinib dorisini kiritishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirusning yana bir “mudhish” jihatini aniqlashdi