11:37 / 29.06.2020
2 741

Minsk Lukashenkoning o‘g‘lini «hisobida» qancha pul borligini aniqlash uchun Shveysariyaga rasmiy so‘rov yubordi

Minsk Lukashenkoning o‘g‘lini «hisobida» qancha pul borligini aniqlash uchun Shveysariyaga rasmiy so‘rov yubordi
Foto: Getty Images
Belarus ichki ishlar vaziri Vladimir Makey Minsk Shveysariyaga mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘g‘lini 840 million dollarlik hisobi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot berishlari uchun rasmiy so‘rov yuborganini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Interfaks».

«So‘nggi, kechagi vaziyat: Shveysariya banklarining birida, menimcha, Credit Suisse’da prezident o‘g‘lining 840 million dollari ‘topildi’. Biroq biz Shveysariya tomoniga rasmiy so‘rov yuborib, bu haqda ma’lumot berishlarini so‘radik», — deydi Makey.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatning ahmoqonaligi shundaki, kimdir mamlakatdagi vaziyatdan kelib chiqib, shu kabi feyk xabarlarni tarqatmoqda. «Sir emaski, ko‘plab davlatlarda hukumat tepasida bo‘lish jiddiy boyishga olib keladi. Shuni qat’iy aytmoqchimanki, hozirgi rahbariyat hukumat tepasida ekan Belarusda bunaqasi bo‘lmagan, yo‘q va bo‘lmaydi ham. Men buni aniq aytishim mumkin», — deydi IIV rahbari.

«Shunga qaramay biz ushbu hisob to‘g‘risida Shveysariya tomoniga rasmiy so‘rov yubordik. Bundan tashqari, kecha men mamlakat rahbari bilan gaplashdim va agarda ushbu pullar topilsa, uning yarmini Shveysariya konfederatsiyasi bilan tashqi iqtisodiy hamda tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish uchun elchixonaga berishimizni so‘radim. Agar topsak. U va’da berdi», — deydi Makey.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘g‘lining hisob raqamlaridan birida qariyb 1 milliard dollar borligi to‘g‘risidagi ma’lumot Rossiya tomonidan tarqatilgan «jirkanch feyk» ekanligini ma’lum qilgandi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotlar soxtalashtirilgan va bank hujjatlarini tushunmaydigan odamlar bu soxta narsalarga ishonishmoqda. «Odamlar bu nima ekanligini tushunmayapti. Bu kabi feyklar doim bo‘ladi. Biz buni doim inobatga olishimiz, u bilan yashab, kurashishimiz kerak. Bunday ma’lumotlar Rossiyadan kelmoqda. Keyinroq ular kechirim so‘raydi. Biroq odamlarning miyasida bu qolib ketdi», — deydi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, Minskda 18 iyun kuni Belarus prezidentligiga nomzod Viktor Babariko qo‘lga olingan. Rasmiylar Babarikoni «Belgazprombank»da noqonuniy tashkilotga rahbarlik qilganlikda ayblamoqda. Shu sabab Minsk aholisi prezident saylovi kampaniyasi davomida siyosatchilar va faollarning qo‘lga olinishiga norozilik belgisi sifatida «birdamlik zanjir»iga tizilgan. Lukashenkoning o‘zi bu kabi hollarda demokratik yo‘l tutsa, Belarusni qo‘ldan chiqarishini ma’lum qilgan va Rossiyani prezidentlik saylovlariga aralashayotganlikda ayblagan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Minsk Lukashenkoning o‘g‘lini «hisobida» qancha pul borligini aniqlash uchun Shveysariyaga rasmiy so‘rov yubordi