11:18 / 30.06.2020
4 333

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qamoqdan shifoxonaga o‘tkazildi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qamoqdan shifoxonaga o‘tkazildi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov hibsxonasidan «ikki tomonlama pnevmoniya» tashxisi bilan shifoxonaga o‘tkazildi, deya xabar berdi «RIA Novosti» davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, 29 iyun kuni Atambayev ahvoli yomonlashganidan shikoyat qilgan. Shu sababli undan COVID-19 ga PSR-tahlili olingan. Biroq test natijalari manfiy chiqqan.

«Shu kuni shifokorlar onlayn-konsilium o‘tkazishgach, «ikki tomonlama pnevmoniya» tashxisi qo‘yildi. Shifokorlarning konsiliumi bilan Atambayevni statsionar davolash uchun shifoxonaga o‘tkazishga qaror qilindi», — dedi matbuot xizmati vakili.

Ma’lumki, sobiq prezident Almazbek Atambayev korrupsiyada aybdor deb topilgan va 11 yilu 2 oylik qamoq jazosiga hukm etilib uning mol-mulki musodara qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qamoqdan shifoxonaga o‘tkazildi