11:15 / 01.07.2020
2 553

Indoneziyadagi shahar meri shifokorlar oldida tiz cho‘kdi

Indoneziyadagi shahar meri shifokorlar oldida tiz cho‘kdi
Surabaya shahri joylashgan Sharqiy Yava provinsiyasi mamlakatdagi koronavirus tarqalishi o‘chog‘iga aylangan.
Indoneziyadagi kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi Surabaya shahri meri Tri Rismaxarini COVID-19ga qarshi kurashda qatnashayotgan shifokorlar bilan uchrashuv chog‘ida ular oldida tiz cho‘kib yig‘lab yubordi, deb yozadi Jakarta Post nashri. U shifokorlar epidemiya vaqtida duch kelgan qiyinchiliklar uchun ulardan kechirim so‘ragan.

Rismaxarini Indoneziya tibbiyot assotsiatsiyasi (IDI) va mahalliy hokimiyat vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuv chog‘ida Surabaya shahridagi Soyetomo kasalxonasi pulmonologi muassasa COVID-19 bemorlari bilan to‘lib ketganini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, shahar aholisi ehtiyot choralariga amal qilmayotganligi sababli virus tarqalishi tezlashgan.

Shundan so‘ng Tri Rismaxarini o‘rnidan turib shifokorlar oldida tiz cho‘kkan.

«Iltimos, bizni ayblamang», — degan u.

Nashrning qayd etishicha, Surabaya shahri joylashgan Sharqiy Yava provinsiyasi mamlakatdagi koronavirus tarqalishi o‘chog‘iga aylangan. 29 iyun holatiga bu yerda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 11,5 mingta holat qayd etilgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, Indoneziyada jami 55 mingdan ortiq COVID-19 holati aniqlangan, 2805 kishi vafot etgan. Mamlakatda kuniga mingdan ortiq kasallanish holatlari aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyadagi shahar meri shifokorlar oldida tiz cho‘kdi