12:11 / 01.07.2020
2 901

Tashqi ishlar vaziri AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi. Unda nimalar muhokama qilindi?

Tashqi ishlar vaziri AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi. Unda nimalar muhokama qilindi?
2020 yilning 30 iyun kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSHning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Tomonlar yaqin siyosiy munosabatlar o‘rnatilganini, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va harbiy-texnikaviy aloqalar mustahkamlanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

AQSH tomoni O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishda mintaqaviy yondashuvni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va ushbu yo‘nalishda faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi.

Muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston va mintaqamiz o‘rtasidagi iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirishga ko‘mak beradigan qator loyihalarni moliyalashtirish uchun DFC mablag‘larini jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tashqi ishlar vaziri AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi. Unda nimalar muhokama qilindi?