22:53 / 03.07.2020
1 225

Turkiyada mushak ishlab chiqariluvchi fabrikada portlash yuz berdi (video)

Turkiyada mushak ishlab chiqariluvchi fabrikada portlash yuz berdi (video)
Turkiyaning Sakarya viloyatida mushak ishlab chiqariluvchi fabrikada yuz bergan portlash 4 kishining o‘limiga va 97 kishining jarohatlanishiga olib keldi.

Viloyat gubernatori Chetin Oktay Qaldirimning ma’lum qilishicha, portlash vaqtida fabrikada 150-200 ishchi va 110 tonna mushak bo‘lgan. Voqea joyiga 85 ta tez yordam mashinasi va 2 ta sanitar vertolyot jo‘natilgan. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.

Portlashlar korxonadan 50 km radiusda eshitilgan. Bu esa mahalliy aholi orasida sarosima tug‘dirgan. Ko‘plab odamlar portlashni zilzila deb qabul qilib, ko‘chalarga yugurib chiqqan.

Fabrika hududida 11 ta qutqaruv brigadasi ish olib borgan. Hozircha portlash sababi aniqlanmagan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an topshirig‘i bilan portlash joyiga hukumat a’zolari – ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu, sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja va mehnat, ijtimoiy xizmat va oila vaziri Zahro Salchuq yo‘l olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)