07:23 / 04.07.2020
2 464

Braziliya prezidenti majburiy niqob taqish to‘g‘risidagi qonunni bekor qildi

Braziliya prezidenti majburiy niqob taqish to‘g‘risidagi qonunni bekor qildi
Foto: RIA Novosti
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru jamoat joylari va transportida niqob taqishni talab qiladigan qonunni bekor qildi.
Bolsonaru davlat organlari, tijorat, sanoat, diniy muassasalar hamda odamlar to‘planadigan yopiq joylarda majburiy niqob taqish talabiga nisbatan veto qo‘ydi.

Muassasalar shuningdek, o‘z xodimlari va mijozlariga bepul niqob berish majburiyatidan ozod qilindi.
Bolsonaru namoyishlarda bir necha marta niqoblarsiz paydo bo‘lgan va koronavirus solayotgan xavfni rad etib keladi.

O‘tgan haftada Braziliya sudi Jair Bolsonaruga jamoat joylarida niqob taqish majburiyatini qo‘ygandi.
Braziliyada epidemiya boshlanganidan buyon 1,5 mln kishi COVID-19ga chalingan, 62 045 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya prezidenti majburiy niqob taqish to‘g‘risidagi qonunni bekor qildi