09:39 / 04.07.2020
1 984

Pokistonda poyezdning ziyoratchilar avtobusi bilan to‘qnashishi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda poyezdning ziyoratchilar avtobusi bilan to‘qnashishi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi
Foto: EPA
Pokistonning Panjob provinsiyasida poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda PTI xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, salonida ziyoratchilar bo‘lgan avtobus Panjob provinsiyasida temir yo‘lning tartibga solinmaydigan qismidan o‘tayotgan vaqtda poyezd avtobusga kelib urilgan. To‘qnashuv 3 iyul, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da Lahor shahridan 60 kilometr uzoqlikda yuz bergan.

Ayni paytda hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Pokiston bosh vaziri Imron Xon hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Mamlakatning infratuzilmalar vaziri Shayx Rashid esa aybdorlarni jazolash bo‘yicha buyruq bergan.

Eslatib o‘tamiz, Pakistan International Airlines’ga tegishli yo‘lovchi tashuvchi samolyotning Karachi yaqinida 22 may kuni halokatga uchrashi oqibatida 97 kishi halok bo‘lgandi. Keyinroq halokatga uchragan samolyot uchuvchilari parvoz vaqtida koronavirus muhokamasiga chalg‘igani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda poyezdning ziyoratchilar avtobusi bilan to‘qnashishi oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi