17:23 / 05.07.2020
2 818

Britaniyada D vitamini koronavirusga chalinish xavfini kamaytirishi mumkinligi taxmin qilindi

Britaniyada D vitamini koronavirusga chalinish xavfini kamaytirishi mumkinligi taxmin qilindi
Britaniyaning birdaniga uchta nufuzli ilmiy tashkiloti D vitamini koronavirusga chalinish xavfini kamaytirishi mumkinligi borasidagi taxminni bildirdi.

Organizm quyosh ta’siri vaqtida oladigan ushbu vitamin koronavirusga qarshi kurasha olishi borasidagi taxminni Britaniyaning ovqatlanish bo‘yicha ilmiy-maslahat komissiyasi, Sog‘liqni saqlash milliy instituti va mamlakatning yetakchi ilmiy tashkiloti – London qirollik jamiyati tekshirgan. Bu tashkilotlarning barchasi ushbu taxminni tasdiqlash uchun hali asos va ma’lumotlar yetarli emasligi haqidagi xulosaga kelgan, biroq uni rad ham etmagan.

London imperiya kollejining immunologiya bo‘yicha professori Charlz Bengxemning ta’kidlashicha, u dastlab D vitamini tanqisligini sezuvchi odamlar nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalinishga moyil ekanliklariga shubha bilan qaragan, biroq hozirda shunday ekanligiga ishonchi komil. Vaholanki, koronavirus birinchi navbatda nafas yo‘llariga zarar yetkazadi.

Olimning aytishicha, vitaminning yetishmasligi qora tanli odamlar koronavirus chaqiruvchi kasallikni og‘irroq o‘tkazishlarining sabablaridan biri hisoblanadi: ularning terisi quyosh nuriga kamroq ta’sirchan bo‘ladi va shu sababli kamroq miqdorda D vitamini oladi. Biroq bunga ta’sir qiluvchi boshqa omillar ham mavjud va shu sababli ko‘proq ma’lumotlar zarur.

Financial Times nashrining yozishicha, Britaniyada qora tanlilar va milliy ozchiliklar aholining 13 foizini tashkil qiladi, biroq ularga koronavirusga chalinish holatlarining taxminan uchdan bir qismi to‘g‘ri kelmoqda. AQSHda esa afroamerikaliklar aholining 14 foizini tashkil qiladi va koronavirusga chalinganlarning 30 foizi ular hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Biroq Glazgo universiteti tibbiyot professori Navid Sattor D vitaminining koronavirusga ta’sir qilishi mumkinligiga shubha bilan qaraydi. U 340 mingta qon namunasini tahlil qilgan. Donorlardan 650 nafari koronavirusga chalingan, ulardan 200 nafari vafot etgan. Olim va uning hamkasblari koronavirus va D vitaminining qondagi miqdori o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlashmagan. Biroq Sattor vitaminning koronavirusga qarshi samaradorligini alohida tadqiqot doirasida tekshirish lozimligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada D vitamini koronavirusga chalinish xavfini kamaytirishi mumkinligi taxmin qilindi