06:00 / 06.07.2020
4 054

Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashganidan keyin qanday uyda yashamoqda?

Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashganidan keyin qanday uyda yashamoqda?
Anjelina Joli ijtimoiy tarmoqqa farzandlari bilan birga istiqomat qiladigan uyi suratlarini joyladi. Bu haqda SM-News xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, derazalaridan shahar manzarasini ko‘rish mumkin bo‘lgan Los-Anjelesdagi uy aktrisa tomonidan bir necha yil avval xarid qilingan bo‘lib, qayta ta’mirlangan hamda modernizatsiya qilingan.

Foto: SM-News
Ta’mirlash ishlari davomida uyning eski uslubi qisman saqlab qolinib, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Jolidan avval ushbu uyda rejissyor Sesil Demill 1959 yilga qadar yashagan.

Foto: SM-News
Hududida hovuz, sayr uchun park bo‘lgan uy ikki qavatdan iborat bo‘lib, unda oltita yotoqxona, 10 ta yuvinish xonasi, kutubxona va mehmonxona bor.

Foto: SM-News
Mehmonlar uchun mo‘ljallangan alohida xona, mashg‘ulot zali va garaj ham o‘rin olgan uy maydoni 100 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Foto: SM-News

Foto: SM-News

Foto: SM-News
Anjelina Joli ushbu hashamatli uyida 6 nafar farzandi bilan birga yashaydi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashganidan keyin qanday uyda yashamoqda?