09:57 / 06.07.2020
5 611

Olim koronavirusning kelib chiqishiga doir kutilmagan xulosani ilgari surmoqda

Olim koronavirusning kelib chiqishiga doir kutilmagan xulosani ilgari surmoqda
SARS-CoV-2 –tojli virusi Uxanda keng tarqalmasdan oldin uzoq vaqt mobaynida yashirin davrda bo‘lgan va tabiiy omillar paydo bo‘lgach, keng tarqalgan. Oksford daliliy tibbiyot markazi(Centre for Evidence-based Medicine, CEBM) katta ilmiy xodimi Tom Jefferson shunday fikrni ilgari surmoqda.

U butun dunyodan yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilar ekan, virus ma’lum bir vaqt davomida turli davlatlarda bo‘lganiga ishonch bildirgan, deb yozadi RIA Novosti. Jumladan, tojli virus alomatlariga 2019 yil martida olingan Barselona oqova suvlari namunalarida duch kelishgan. Bu Xitoydagi COVID-19 virusi qayd etilishidan 9 oy avvaldir. Shu yilning dekabr oyida Turin va Milanda olingan namunalar ham virus borligi borasida “ijobiy” natija bergan.

O‘ylashimcha, virus allaqachon mavjud bo‘lgan. Ehtimol, biz mudrab yotgan virusga duch kelgandirmiz, u atrof-muhitning o‘ziga qulay sharoitlari tufayli faollashgan”, — deya olimning gaplarini keltiradi The Daily Telegraph.

U Janubiy Jorjiyadan Buenos-Ayresga suzgan sayohat laynerida koronavirusdan zararlanish holatini namuna sifatida keltirgan.
Yo‘lovchilar Ueddell dengizini kesib o‘tganidan so‘ng, 8-kuni birinchi holat qayd etildi. Virus avval tayyorlangan taomda muzlagan holda bo‘lganmidi?”, — deb savol beradi olim.

U, shuningdek, G‘arbiy Samoa aholisining 30 foiz aholisi 100 yil avval ro‘y bergan “ispanka”dan halok bo‘lganini, vaholanki ular tashqi dunyo bilan aloqada bo‘lmaganini yodga olgan.

Olimning fikricha, bu virusni qo‘zg‘atuvchilar biror yerdan kelib qolmaydi va biror joyga g‘oyib bo‘lmaydi.
Ular har doim shu yerda va ba’zida ularni nimadir, balki yer aholisining zichligi yoki atrof-muhitdagi shart-sharoitlar faollashtiradi. Biz aynan shuni o‘rganishimiz kerak”, — Jefferson.

Uning fikricha, virus odamlarga nafaqat havo-tomchi yo‘li bilan, balki suv orqali ham yuqishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olim koronavirusning kelib chiqishiga doir kutilmagan xulosani ilgari surmoqda