14:14 / 06.07.2020
2 885

45 yoshli talaba dunyoda birinchi bo‘lib nindzya magistri diplomini oldi

45 yoshli talaba dunyoda birinchi bo‘lib nindzya magistri diplomini oldi
Foto: «Japan Times»
Yaponiya fuqarosi 45 yoshida dunyoda birinchi bo‘lib nindzya magistri diplomini qo‘lga kiritdi. Bu haqda «Japan Times» nashri xabar berdi.
Mazkur diplomni olish uchun Jeniti Mitsuxasi birinchi nindzya klanining tarixiy vatanida joylashgan Mie universitetida ikki yil ta’lim oldi. Nindzya tadqiqot markazi muassasada 2017 yilda tashkil etilgan, 2018 yilda esa u yerda shu sohada magistratura ishga tushgan. U nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

O‘sha paytda yapon tarixining bakalavri bo‘lgan Mitsuxasi ushbu jangchilarning tabiatini yaxshiroq tushunish uchun nindzya vataniga borishga qaror qildi, deya ta’kidladi «360» telekanali. O‘qish davomida u nazariy va tarixiy hujjatlarni o‘rgandi, shuningdek, kung-fu va serindzi-kempo jang san’atlari bilan shug‘ullandi. Bundan tashqari, u «tirik qolish va maxfiylik» ko‘nikmalarini o‘zlashtirdi.

Yaponiyalik talaba ta’lim olish bilan bir paytda o‘zining dodzesida nindzyutsu san’atidan dars bergan. U 2020 yilda dissertatsiyasini himoya qildi. Biroq universitetni tark etish niyati yo‘q: maqsadi — doktorlik darajasini olish.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 45 yoshli talaba dunyoda birinchi bo‘lib nindzya magistri diplomini oldi