19:50 / 06.07.2020
3 234

Ortiqcha vaznni yashirishga yordam beruvchi kiyinish borasidagi tavsiyalar (foto)

Ortiqcha vaznni yashirishga yordam beruvchi kiyinish borasidagi tavsiyalar (foto)
Liboslar qomatdagi kamchilik va ortiqcha vaznni berkitish xususiyatiga ega. Faqat buning uchun kishi o‘z qomatidagi kamchilikni bilishi va shunga ko‘ra libos tanlashi kerak. Quyida qanday liboslar bilan ortiqcha vaznni yashirish va ixchamroq ko‘rinish mumkinligiga to‘xtalamiz.

Monoxrom liboslar

Foto: Harper’s Bazaar
Tepa va pastki qismi bir xil rangdagi liboslar kishi qomatini risoladagidek qilib ko‘rsatadi. Bir xil rangdagi liboslarda obrazingiz zerikarli ko‘rinmasligi uchun, yorqin ranglardan foydalanish, o‘ziga xos aksessuarlar bilan boyitish tavsiya qilinadi.

Bel qismi yuqori bo‘lgan shim

Foto: Harper’s Bazaar
Agar ortiqcha vaznni yashirishni istasangiz, unda dolzarb bichimdagi, bel qismi yuqori bo‘lgan shimlarga e’tiboringizni qarating. Bunday uslubdagi shimlar istalgan qomat egasini ixcham ko‘rsatish xususiyatiga ega. Iloji bo‘lsa, bu kabi modellarning uzun, tuflini yopib turadigan variantini tanlash kerak, shunda oyoqlar ham aslidan uzunroq ko‘rinadi.

Old qismi «zapax» bichimida bo‘lgan liboslar

Foto: Harper’s Bazaar
Bunday uslubdagi liboslar ham istalgan qomat egasiga to‘g‘ri kelishi bilan istalgan vaqtda dolzarb hisoblanadi. «Zapax» bichimidagi liboslarning bel qismida kamar yoki belbog‘i borligi, mini uzunligida bo‘lmaganini tanlash tavsiya qilinadi.

Etak qismi keng bo‘lgan shimlar

Foto: Harper’s Bazaar
Bunday uslubdagi shimlar nafaqat oyoqlarni, balki bo‘yinni ham uzun ko‘rsatish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, mazkur bichimdagi shimni kiyish orqali vazndagi kamchiliklar ko‘zga tashlanmaydi va kiyim egasi nazokatli va kibor ko‘rinadi. Iloji boricha bunday shim bilan baland poshnali yoki platformali tufli va bosonojkalar kiyish tavsiya qilinadi.

Bo‘yin qismi V bichimidagi libos

Foto: Harper’s Bazaar
Bunday libos bo‘yinni uzun, yelkalarni teng va uni kiygan inson siluetini latofatli qilib ko‘rsatadi. V bichimidagi libosni mini uzunligidagisini tanlab, uni krossovka yoki poshnali oyoq kiyim bilan moslash mumkin.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ortiqcha vaznni yashirishga yordam beruvchi kiyinish borasidagi tavsiyalar (foto)