06:30 / 07.07.2020
2 324

Rossiya bosh vazirining sobiq kuyovi Navalniyni sudga berdi

Rossiya bosh vazirining sobiq kuyovi Navalniyni sudga berdi
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning singlisiga uylangan biznesmen Aleksandr Udodov Aleksey Navalniyni sudga berdi.
Ma’lumot berilishicha, da’vo 3 iyulda Lyublino rayoni sudida qayd etilgan. Sud vakilining «Interfaks»ga aytishicha, da’vo qadr-qimmat va obro‘-e’tiborni himoya qilishga oid.

Navalniy asos solgan korrupsiyaga qarshi kurashish fondi 2020 yil fevralda chop etgan surishtiruvda Udodovning Nyu-Yorkdagi xonadoni tilga olingandi. Surishtiruvda aytilishicha, biznesmenning xonadoni «Magnitskiy ishi» figurantlaridan biri Denis Katsivning xonadoni bilan yonma-yon joylashgan .

Ushbu surishtiruv chiqarilganidan so‘ng Udodov «Yandeks» qidiruv tizimidan o‘zi bilan bog‘liq ayrim havolalarni o‘chirtirishga erishdi, deb yozgandi The Bell.

Udodov fevralda «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida Mishustinning singlisiga 2008 yilda uylanganini aytgan.
«Hozirda Nataliya bilan birga yashamaymiz, ammo uning oilasi bilan yaxshi munosabatimiz saqlanib qolgan», — degan Udodov.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya bosh vazirining sobiq kuyovi Navalniyni sudga berdi