Foto: «Global Look Press»
Amerikalik aktyor, rejissyor va ssenariynavis Jan-Klod Van Damm «Instagram»dagi sahifasi orqali Habib Nurmagomedovga otasining o‘limi bilan bog‘liq ta’ziya bildirdi.
Van Dammning so‘zlariga ko‘ra, u Abdulmannop Nurmagomedov bilan shaxsan tanish bo‘lmagan, lekin unga qoyil qolgan. Murojaat matnida u, shuningdek, murabbiyning haqqiga duo qilishini aytib o‘tgan.
«Birodar, men sizni hayotda hech qachon uchratmaganman, lekin hamisha qoyil qolardim! Sizning haqqingizga duo qilaman. Alloh dargohida qabul qilgan bo‘lsin. Omiyn», — deya Van Dammning so‘zlarini keltirgan «360» telekanali.
3 iyul kuni murabbiy Abdulmannop Nurmagomedovning vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Habib Nurmagomedovning otasi koronavirus asoratlari tufayli poytaxtdagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Qayg‘uli xabardan so‘ng sportchi 4 iyulga rejalashtirilgan matbuot anjumanini bekor qildi, deb yozgan «kp.ru» sayti.
Ko‘pgina siyosatchi va sportchilar Nurmagomedovlar oilasi o‘z ta’ziyalarini bildirishdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan murabbiyning o‘g‘liga qo‘ng‘iroq qilgan.
Murabbiy Dog‘istonda dafn etildi. Dafn marosimida qarindoshlari va yaqin do‘stlari qatnashdi. Unda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov ham ishtirok etdi, deya ta’kidlaydi «Zvezda» telekanali. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi