2 394
AQSH onlayn tarzda o‘qiyotgan xorijlik talabalarning mamlakatdan chiqib ketishini talab qilmoqda
Foto: AFP/Getty Images
AQSHda o‘qiyotgan xorijlik talabalar agarda kuzgi semestrda ularning ta’lim muassasasida o‘qish faqat onlayn tarzda olib boriladigan bo‘lsa, ular mamlakatni tark etishlari shart. Bu haqda AQSH immigratsiya va bojxona politsiyasi saytida ma’lum qilindi.
Ushbu talab F-1 va M-1 vizalariga ega talabalarga taalluqli. Davlat departamenti birinchi semestrda faqat onlayn tahsil oladigan talabalarga viza bermaydi, chegara nazorati xizmati esa ularni chegaradan o‘tkazmaydi.
AQSH hukumati talabalarga o‘qish joyini hech bo‘lmaganda kurslarning bir qismi kunduzgi shaklda o‘tiladigan ta’lim muassasasiga ko‘chirishni taklif qilgan. Aks holda esa immigratsiya politsiyasi ularni deportatsiya qilishi mumkin.
Ta’lim muassasalariga bo‘lajak kurslarning shakli haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimida ma’lum qilish uchun 10 kun muhlat berildi.
Immigratsiya politsiyasining qarori xorijlik minglab talabalarga ta’sir qilishi mumkin, deb yozadi CNN.
Amerikadagi ko‘plab universitetlar koronavirus pandemiyasi sababli o‘qitishning onlayn shakliga o‘tish haqida o‘ylamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi