11:45 / 08.07.2020
2 790

Amerikaliklar Mustaqillik kunini mashinalarni jarlikdan uloqtirib nishonladi (video)

Amerikaliklar Mustaqillik kunini mashinalarni jarlikdan uloqtirib nishonladi (video)
Kadr: YouTube
Har yili 4 iyul kuni AQSH Mustaqilligi kuni nishonlanadigan vaqtda Alyaskadagi Gleysher-Vyu aholisi 91 metrli jarlikdan avtomobillarini uloqtirib yuboradi, deb xabar qiladi Motor.

Yarimorolning janubi-sharqida joylashgan shaharcha aholisiga ushbu ko‘ngilxushlik an’anaga aylanib ulgurgan. Milliy bayram qutb kunining o‘rtasiga to‘g‘ri keladi — yorqin osmon sabab mushakbozlik o‘tkazilmaydi. Biroq shimolliklar tushkunlikka tushmay, mushak o‘rniga boshqa narsa o‘ylab topgan.

Matanuska daryosiga eltuvchi jarlikdan tashlab yuboriladigan avtomobillar juda ayanchli ahvolda, biroq motori soz holatda bo‘ladi.

Sedanlar, pikaplar va krossoverlar Amerika ramzlari bilan bezatilib, jar yoqasiga olib kelinadi va «parvozga» otlanadi — mashina ichida, albatta, haydovchi bo‘lmaydi. Pastda esa ko‘plab tomoshabinlar «mashinalar parvozi»ni tomosha qilish uchun yig‘iladi.

YouTube’dagi How to Alaska kanalida e’lon qilingan roliklarga ko‘ra, Gleysher-Vyuda Mustaqillik kuni kamida to‘rt yildan buyon shunday usulda nishonlanmoqda.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikaliklar Mustaqillik kunini mashinalarni jarlikdan uloqtirib nishonladi (video)