17:44 / 08.07.2020
2 676

Qirg‘izistonda ta’tildagi barcha shifokorlar ishga chaqirib olinadi

Qirg‘izistonda ta’tildagi barcha shifokorlar ishga chaqirib olinadi
Qirg‘iziston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat yanada qat’iy qarorlar chiqarishni talab qilmoqda.

Qirg‘iziston bosh vaziri COVID-19 tarqalishi avj olishi sababli ta’tilda bo‘lgan barcha tibbiyot xodimlarini ishga chaqirish topshirig‘ini berdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

"Mehnat ta’tilida bo‘lgan barcha tibbiyot xodimlari ishga chaqirib olinadi. Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov respublika tezkor shtabi yig‘ilishida ana shunday topshiriq berdi", - deyiladi xabarda.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat yanada qat’iy qarorlar chiqarishni talab qilmoqda.

"Shifokorlar iltimosimizni tushunishadi va ularni tez orada ish joylarida ko‘ramiz deb umid qilaman. Hozirda Bishkek shahri va Chuy oblastida kasallik cho‘qqisiga chiqdi. Tibbiyot xodimlari odamlar hayotini saqlab qolish uchun kechayu kunduz og‘ir sharoitlarda ishlamoqda. Boshqa hududlar, mamlakat tashqarisidagi tibbiyot xodimlari ham bu kurashdan chetda qolmadi. Ammo joylarda malakali tibbiy yordamga muhtoj insonlar bor. Shuning uchun barcha sog‘liqni saqlash xodimlarini ta’tildan ishga qaytishga chaqiraman. Hozirgi vaziyat shuni talab qilmoqda", - deya bosh vazirdan iqtibos keltirmoqda hukumat matbuot xizmati.

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 8486 nafarga yetgan, 112 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda ta’tildagi barcha shifokorlar ishga chaqirib olinadi