Foto: «Euro-pulse.ru»
Germaniyaning Vuppertal shahrida ekologik toza avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ular axlatni yoquvchi energostansiyaning vodorod yoqilg‘isiga yuradi, deya xabar berdi «YevroPuls».
Ustiga-ustak, suv bug‘ini hisobga olmaganda hech qanday chiqindi ham hosil bo‘lmaydi. Hozir bir necha yo‘nalishlarda o‘nlab ana shunday transport vositalari harakatlanmoqda. Keyingi yili ularning sonini ikki baravarga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Har bir vodorod avtobusi 75 tagacha yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan.
Mazkur loyihani Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Germaniya va Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerlari rahbariyati qo‘llab-quvvatlashgan. Agar vodorod avtobuslari ishonchli va aholiga yoqadigan bo‘lsa, bunday transport vositalari Yevropaning boshqa shaharlariga ham olib kelinadi.
Bundan tashqari, Germaniyada 2018 yildan beri vodorod yoqilg‘isiga harakatlanadigan poyezdlar qatnamoqda. Yaqinda bunday poyezdlar Niderlandiyada ham paydo bo‘ldi.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi