00:11 / 09.07.2020
2 581

BAAda koronavirus yuqtirganlarni aniqlashda itlardan foydalanilmoqda

BAAda koronavirus yuqtirganlarni aniqlashda itlardan foydalanilmoqda
Birlashgan Arab Amirliklari ichki ishlar vazirligi koronavirusga chalinganlarni aniqlash uchun politsiya xizmat itlaridan foydalana boshladi. Bu haqda vazirlikning Twitter ijtimoiy tarmog‘ida joylangan bayonotida aytilmoqda.

"Vazirlik koronavirus tarqalishining oldini olishda foydalanish uchun politsiya itlarini shug‘ullantirishni muvaffaqiyatli yakunladi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, itlar ikki hafta davomida koronavirus yuqtirilgan namunalarni iskab topish bo‘yicha shug‘ullantirilgan va ular koronavirusga chalinganlarni 92 foizgacha aniqlikda topishga o‘rgangan. Ulardan odam gavjum joylarda kasallik tashuvchilarni aniqlashda foydalaniladi.

Bundan tashqari, BAA ichki ishlar vazirligi sil va bezgak kabi xavfli kasalliklarga chalinganlarni aniqlashda ham itlardan foydalanishga ruxsat berdi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, BAAda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 53 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 327 kishi vafot etgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda koronavirus yuqtirganlarni aniqlashda itlardan foydalanilmoqda