14:38 / 09.07.2020
5 041

Xitoyda krematsiya qilinib, ko‘milgan erkak uyiga tirik holda qaytib keldi

Xitoyda krematsiya qilinib, ko‘milgan erkak uyiga tirik holda qaytib keldi
Foto: Daily Mail
Xitoyning Chunsin shahrida yashovchi erkakning jasadi krematsiya qilinib, tuproqqa qo‘yilganidan so‘ng uyiga tirik va sog‘lom holda qaytib keldi, deb yozadi Daily Mail.

Dafn etilganidan ikki oy o‘tib qaytib kelgan erkak qarindoshlarini shok holatiga tushirdi.
Ruhiy kasal Szyao familiyali 43 yoshli erkak mart oyida yo‘qolib qolgan edi. Qarindoshlari uning yo‘qolgani haqida politsiyaga xabar bergan.

Bir oydan so‘ng erkakning Chjetszyan provinsiyasi Venchjou shahri kasalxonasida ekanligi aytildi.
Qarindoshlari kasalxonaga yetib kelganida shifokorlar erkak tuberkulyozga chalingani hamda uning ahvoli og‘ir ekanligini aytdi.

Bemor kislorod niqobida yotgani uchun qarindoshlari uning yuzini ko‘ra olmadi. Oila erkakni uyga olib borishga qaror qildi, biroq u yo‘lda vafot etdi.

Oila a’zolariga marhum bilan xayrlashishga ruxsat berilmadi. Koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarga ko‘ra, uning jasadi zudlik bilan krematsiya qilindi. Oila dafn marosimi uchun katta pul — 140 ming yuan to‘ladi.

Dafn marosimidan bir oy o‘tib marhumning amakisiga Szyansi provinsiyasi politsiyasidan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Unga o‘zini Szyao deb tanishtirgan uysiz erkak topilganini aytishgan. Shunday qilib, erkak sog‘-omon uyga qaytgan.

Erkak qanday qilib boshqa provinsiyaga borib qolganini ruhiy kasalligi tufayli tushuntira olmagan.
Shuningdek, kasalxonada vafot etgan erkak kimligi ham noma’lum. Kasalxona ma’muriyati vafot etgan erkakning ismi Szyao bo‘lgani hamda u ikkinchi Szyaoga o‘xshashini aytgan. Omon qolgan Szyaoning qarindoshlari kasalxonadan tovon puli talab qilmoqda.

Manba: Daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda krematsiya qilinib, ko‘milgan erkak uyiga tirik holda qaytib keldi