18:50 / 09.07.2020
4 692

Xiyonatdan keyin oilasini saqlab qola olgan yulduzli juftliklar

Xiyonatdan keyin oilasini saqlab qola olgan yulduzli juftliklar
Ushbu ayollarning qarori har qanday narsa kechirilishi kerakligini emas, balki ular juftidan farqli o‘laroq oila oldida mas’uliyatli va oqila ekanini bildiradi.

Nikol Kidman va Kit Urban

Hello Magazine
2015 yil sariq matbuotda musiqachi Kit Urbanning xiyonati haqidagi xabar muxlislarni larzaga soldi. Unga ko‘ra, Kit xonanda Kelsi Ballerini bilan munosabatda bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Bu vaqtda Nikol farzandlari bilan birga Londonda bo‘lgan. Shundan keyin turli noxushliklar, kelishmovchiliklar yuz bergan, ammo juftlik nima bo‘lgan taqdirda ham oilani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Sara Jessika Parker va Mettyu Broderik

Foto: Getty Images
Sara Jessika Parker ijro mahorati bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa hisoblanadi. Saraga havas bilan qaralgani bilan uning hayotida ham o‘ziga yarasha past-balandliklar bor. Bir vaqtlar turmush o‘rtog‘i Mettyu Broderik unga xiyonat qilgan. U ofitsant qiz bilan SMS xabar orqali gaplashib yurib, keyin uchrashishni boshlagan. Shundan keyin juftlik o‘rtasida qanday noxushliklar bo‘lgan ularning o‘ziga ayon, asosiysi esa munosabatlarga nuqta qo‘yilmagan.

Beyonse va Jay-Z

Foto: Politeka
Mashhur juftlikning ajrashib ketishiga sal qolgan. Bunga Jay-Z’ning noto‘g‘ri qadam bosgani sabab bo‘lgan. Musiqachi Rita Ora, Reychel Royga ilakishib qolgan. Beyonse ajrashish fikridan qaytishi oson bo‘lmagan, lekin oilasi buzilib ketishiga yo‘l qo‘ymagan.

Viktoriya va Devid Bekhem

Foto: «Vintage.kz»
Viktoriyaning irodasiga qoyil qolsa arziydi. 2004 yilda futbolchi Bekhem hamda uning yordamchisi Rebekka Lus o‘rtasida munosabat borligini ommaga ma’lum bo‘lgan. Viktoriya bunga jim qarab turmagani aniq, lekin oila muqaddasligi sabab u ajrashmoqchi emasligini bildirib, turmush o‘rtog‘idan ko‘ra oila va farzandlari oldida mas’uliyatli ekanini isbotlagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xiyonatdan keyin oilasini saqlab qola olgan yulduzli juftliklar