21:00 / 09.07.2020
3 503

Qozog‘istonlik mansabdor qo‘lga olish vaqtida o‘zini daryoga tashladi

Qozog‘istonlik mansabdor qo‘lga olish vaqtida o‘zini daryoga tashladi
Videodan kadr
Qozog‘istonning Tekeli shahar administratsiyasi apparat rahbari pora olishda gumonlanib, qo‘lga olish vaqtida o‘zini daryoga tashladi.
Bu haqda Tengrinews.kz sayti xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, tergovgacha surishtiruv ishlari Olmaota viloyati korrupsiyaga qarshi kurash xizmati va Qozog‘iston xavfsizlik xizmati hududiy departamenti xodimlari hamkorligida olib borilgan.

U nogironlar jamiyati direktoridan 1,5 million tenge (3,6 ming dollar) miqdorida pora olishda ayblanmoqda. Hokimiyat vakili bu pul evaziga «2020 yilda hududlarni rivojlantirish» dasturi doirasida nogironlik jamiyatini «qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘lgan».

Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olish vaqtida hokimlik apparati rahbari hayotini xavf ostida qoldirib, o‘zini daryoga tashlaydi. U cho‘kib ketishiga sal qoladi, lekin baribir qorrupsiyaga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik mansabdor qo‘lga olish vaqtida o‘zini daryoga tashladi