22:06 / 10.07.2020
2 656

AQSH oliy sudi Oklaxoma shtatining yarmini hindular yeri deb tan oldi

AQSH oliy sudi Oklaxoma shtatining yarmini hindular yeri deb tan oldi
Oklaxoma hindulari / Foto: AFP
AQSH oliy sudi Oklaxoma shtatining yarmini tub amerikaliklarga tegishli deb tan oldi. Bu haqda sud qaroriga asoslanib BBC News xabar berdi.
Oliy sud qaroriga muvofiq, endilikda Oklaxoma shtatining sharqiy hududlari hindular yeri deb hisoblanadi. Qayd etilishicha, ushbu hududda 1,8 mln kishi yashaydi, ularning 15 foizi tub amerikaliklardir.

Endi Oklaxomaning sharqiy qismida yashaydigan tub amerikaliklarni jiddiy qonunbuzarliklari uchun shtat sudi emas, federal sudlar sud qilishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur hududda yashovchi hindu qabilalari a’zolari Oklaxoma budjetiga soliq to‘lash majburiyatidan ozod qilinadi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH oliy sudi Oklaxoma shtatining yarmini hindular yeri deb tan oldi