21:00 / 10.07.2020
3 159

Qozog‘istonda koronavirusdan ham xavfli xastalik tarqalgani rad etilmoqda

Qozog‘istonda koronavirusdan ham xavfli xastalik tarqalgani rad etilmoqda
Qozog‘istonda koronavirusdan ham xavfliroq kasallik tarqalayotganini ma’lum qilingandi. Bu qanaqa kasallik o‘zi? Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi bu xabarlarga qanday munosabatda?

Bu – zotiljamning noma’lum ko‘rinishi. Bu haqda South China Morning Post nashri Xitoyning Qozog‘istondagi elchixonasiga tayanib xabar berdi.
Xitoy elchixonasi zotiljamning yangi ko‘rinishi COVID-19dan ham ancha xatarli ekanini qayd etar ekan, hali kasallik ilmiy jihatdan to‘liq tadqiq etilmaganini bildirgan.

Qayd etilishicha, joriy yil iyun oyi o‘rtalarida Qozog‘istonning Chimkent, Oqto‘be va Atirau viloyatlarida zotiljamning noma’lum turi bilan kasallanish holati sezilarli darajada ko‘paygan. Bu borada o‘lim ko‘rsatkichi COVID-19dan ham kattaroq.

Ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilning birinchi yarmida Qozog‘istonda zotiljamdan 1772 kishi vafot etgan. Iyun oyining o‘zida esa 628 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Xitoy elchixonasiga ko‘ra, mazkur uch viloyatda 500 ga yaqin mahalliy aholi zotiljamning noma’lum turiga chalingan, ulardan 30 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi zotiljamning noma’lum ko‘rinishi haqidagi xabarni rad etgan. Bu boradagi xabarlarni haqiqatdan yiroq deb atagan.

Qozog‘iston hududida COVID-19 infeksiyasiga chalinish holati ilk bor rasman 2020 yil 13 martda qayd etildi. Kasallik avj olmasligi uchun mamlakatda 16 martdan 11 mayga qadar favqulodda holat tartibi amal qildi. Infeksiya yana keng tarqalishi ortidan kuchaytirilgan karantin tartibi qayta tiklandi. Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 13 iyul sanasini koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga hurmat ramzi sifatida motam kuni deb e’lon qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda COVID-19 infeksiyasiga chalinganlar soni 55 mingga yaqinlashdi. Xastalikdan shifo topganlar soni – 31815. Hozirga qadar 264 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda koronavirusdan ham xavfli xastalik tarqalgani rad etilmoqda