06:56 / 11.07.2020
2 373

Nursulton Nazarboyevning Yelsinga bergan sovg‘asi auksionda sotildi

Nursulton Nazarboyevning Yelsinga bergan sovg‘asi auksionda sotildi
Foto: «E-history.kz»
1992 yilda Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsinga sovg‘a qilgan qilich «12-stul» onlayn-auksionida 190 ming rublga (27 million so‘m atrofida) sotildi. Bu haqda bugun, ya’ni 10 iyul kuni «Komsomolskaya pravda» xabar berdi.

Qilichdagi metall plastinkaga: «Rossiya prezidenti Boris Nikolayevich Yelsinga Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevdan 12.06.92 y.», deb yozib qo‘yilgan. Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston rahbari shu tariqa Yelsinni Rossiya mustaqillik kuni (hozirgi Rossiya kuni) bilan tabriklagan.

Qilich o‘sha yili 1940-yillardagi qurol namunasi asosida tayyorlangan. U ichi binafsha rang mato bilan qoplangan yog‘och qutida saqlanadi. Qutining qopqog‘iga Rossiya va Qozog‘istonning zarhal gerblari tushirilgan.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyevning Yelsinga bergan sovg‘asi auksionda sotildi